Prezidentlikka sobiq nomzod Robaxon Mahmudova “Adolat” sotsial demokratik partiyasi raisi etib saylandi. Avvalroq u Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.
“Adolat” SDPdan prezidentlik saylovi uchun Robaxon Mahmudova nomzod sifatida tasdiqlandi. Uning saylovoldi dasturida “Ijtimoiy davlat-2030” dasturini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va boshqalar ko‘zda tutilgan.
9-iyulda o‘tkaziladigan muddatidan avvalgi prezidentlik saylovi uchun siyosiy partiyalar o‘z nomzodlarini ilgari surdi. “Milliy tiklanish” O‘zLiDeP izidan borib, amaldagi davlat rahbari nomzodini qo‘llab-quvvatladi. “Gazeta.uz” ularning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlarni bir materialga jamladi.
Sudyalar oliy malaka hay’ati “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘ladigan O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudovaning sudyalik vakolatlarini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudovani O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting